“MEDIALINGVISTIKA” ilmiy tadqiqot markazi
Mazkur ITM 2025-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” (hozirda “Medialingvistika va kommunikatsiya”) kafedrasi qoshida tashkil etilgan.
ITM tilshunoslik, medialingvistika yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish va talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, ITMning maqsad hamda vazifalariga quyidagilar kiradi:
- medialingvistika, sotsiolingvistika va siyosiy lingvistika sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va tahrirlash, oliy taʼlim dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish, respublika va xorijiy tashkilotlar, jumladan, ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish;
- ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, taqdimotlar tashkil etish va o‘tkazish;
‒ tilshunoslik, medialingvistika, korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni o’qitish yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun tadqiqot mavzularini shakllantirish;
- magistrant va doktorantlarga ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari va usullariga o'rgatish;
- Markaz qoshida “Medialingvistika, publitsistika va kommunikatsiya” jurnali faoliyatini tashkil etish.