Hurmatli mualliflar!“MEDIALINGVISTIKA. PUBLITSISTIKA. KOMMUNIKATSIYA” ilmiy-metodik jurnaliga maqolalar o‘zbek, ingliz, rus, ispan tillarida qabul qilinadi.
Jurnalga topshiriladigan ilmiy maqolalar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
I Maqola hajmi:10–20 sahifa (yoki 3000–6000 so‘z, annotatsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ham qo‘shgan holda).
II Muallif haqidagi ma’lumotlarni qamrab olishi kerak: - Ismi, otasining ismi, familiyasi
- Ilmiy darajasi (mavjud bo‘lsa)
- Ilmiy unvon (mavjud bo‘lsa)
- Egallab turgan lavozimi
- Ish joyi
- Elektron pochta manzili (e-mail)
- Bog‘lanish uchun telefon raqami
- III Maqola formati:
- Matn muharriri – Microsoft Word
- Format – A4
- Hamma tomondan maydonlar – 2 sm
- Shrift – Times New Roman
- Maqola matni uchun shrift hajmi – 14, muallif haqidagi ma’lumotlar uchun – 14.
- Qatorlar oralig‘i – 1.
- Abzas bo‘shlig‘i – 1 sm.
- Joylashuvi – kitobiy (книжная), sahifalar raqamlanmagan holda, so‘zlarni keyingi satrga ko‘chirishsiz, betlar tagiga qo‘yilgan havolalarsiz.
- IV Maqola tuzilishi:
- Maqola sarlavhasi katta harflar bilan yoziladi hamda maqolaning umumiy mazmuni bilan mos bo‘lishi kerak (sarlavha uch tilda: ingliz, o‘zbek va rus tillarida berilishi talab etiladi). Xorijlik mualliflar uchun esa sarlavha maqola yozilgan tilda hamda ingliz tilida, agar maqola ingliz tilida yozilsa, sarlavhasi faqat ingliz tilida beriladi.
- Maqola annotatsiyasi – ingliz, o‘zbek va rus tillarida yoziladi (shrift hajmi – 14, qator oralig‘i – 1). Annotatsiyada maqolaning asosiy mavzusi, dolzarbligi, yangiligi, ish maqsadi va natijalari yoritiladi. Tavsiya etiladigan annotatsiya hajmi – 180–250 so‘z. Xorijlik mualliflar uchun esa annotatsiya maqola yozilgan tilda hamda ingliz tilida, agar maqola ingliz tilida yozilsa, annotatsiya faqat ingliz tilida beriladi.
- Kalit so‘zlar va iboralar – 5–7 so‘zdan oshmasligi, uch tilda (ingliz, o‘zbek va rus tillarida) nuqtali vergul bilan ajratilgan holda yozilishi kerak. Xorijlik mualliflar uchun esa kalit so‘zlar maqola yozilgan tilda hamda ingliz tilida, agar maqola ingliz tilida yozilsa, kalit so‘zlar faqat ingliz tilida beriladi.
Maqola matni quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi lozim: kirish, asosiy qism, xulosa yoki muallifning tanloviga ko‘ra maqola IMRaD uslubida tuzilishi mumkin, ya’ni quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan holda: Kirish (Introduction), Metodlar (Methods), Natijalar (Results), Munozara (Discussion), Xulosa (Conclusion).
Maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va yangiligi asoslanishi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilanishi, shuningdek, muammoning tarixiga oid ma’lumotlar keltirilishi lozim. Dolzarblik va yangilikni asoslashda tadqiqot sohasidagi oldingi murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, tadqiqot materiali haqida ma’lumot berilishi zarur.
Asosiy qismda muammoni o‘rganish metodlari, olingan natijalar va ularning talqini bayon etiladi.
Xulosa qismida natijalar umumlashtirilib, xulosalar va tavsiyalar shakllantiriladi, kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari ko‘rsatiladi. Xulosa hajmi bir betdan oshmasligi kerak va bu qismda havolalar bo‘lmasligi lozim.
Maqolalarni rasmiylashtirishga oid alohida talablar- Mualliflarning familiyasi va bosh harflari bir-biridan ajratilgan holda, uzluksiz bo‘sh joylar bilan yoziladi (klaviaturada «Ctrl» + «Shift» + «Space» tugmalari yordamida). Masalan: M.R. Artikova (maqolada), Artikova M.R. (adabiyotlar ro‘yxatida).
- Matnda keltirilgan manbalar kvadrat qavslar ichida quyidagicha ko‘rsatiladi: iqtiboslar uchun: [Teshabayeva 2019: 98] – muallifning familiyasi, nashr yili, sahifasi; havolalar uchun – [Teshabayeva 2019].
- Maqolada ko‘rsatilgan lingvistik yo‘nalishdagi misollar kursiv bilan ajratiladi.
- V Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish:
- Foydalanilgan adabiyotlar (Использованная литература/ List of used literature).Ushbu ro‘yxat maqola tilida va uning shriftida, alifbo tartibida maqola oxirida tartib raqamlarsiz joylashtiriladi (shrift 14, 1 intervalda). Ro‘yxatda faqat maqola matnida iqtibos keltirilgan manbalar bo’lishi kerak.
Muhim!- Maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa, o‘sha tildagi adabiyotlar alifbo tarzida birinchi bo‘lib joylashtiriladi.
Maqolalar va muallif(lar) haqidagi ma’lumotlarni
medkommun@gmail.com elektron pochta manziliga yoki jurnal veb-saytidagi “maqolani jo‘natish” tugmasi orqali yuborish kerak.